Pol yuvish mashinalari (polomoyka)
Akkumulyatorli va kabelli pol yuvish mashinalari, o'tirib boshqariladigan modellar — ishchi kenglik 330 mm dan 860 mm gacha. Savdo markazlari, omborlar va zavodlar uchun. Pol yuvish mashinasi narxi QQS bilan.
Topildi: 5 ta mahsulot
Kompakt pol yuvish mashinasi G15 (330 mm)
Qanday modellar bor
- Ixcham G15 (kengligi 330 mm) — do'konlar, ofislar va tor yo'laklar uchun.
- BISON E60 (550 mm) va E100 (650 mm, 2 cho'tka) — omborlar, sexlar, supermarketlar uchun; operator orqasidan yuradi.
- G150 (860 mm) va BISON E130 (880 mm) — operator o'rindig'i bilan, katta maydonlar va parkinglar uchun.
Pol yuvish mashinasini qanday tanlash kerak
- Maydon: 1000 m² gacha — ixcham, 1000–3000 m² — 550–650 mm, undan katta — o'rindiqli.
- Stellajlar va kassalar orasidagi yo'lak kengligi.
- Akkumulyatordan ishlash vaqti — bitta tozalashga qayta zaryadsiz yetishi kerak.
- Pol turi: kafel, beton, quyma pol — cho'tka yoki pad shunga qarab tanlanadi.
Ko'p beriladigan savollar
Polomoyka va pol yuvish mashinasi — bir narsami?
Ha. Polomoyka, pol yuvish mashinasi va skrabber — polni cho'tka va yuvish eritmasi bilan yuvib, iflos suvni darhol yig'ib oladigan mashina.
Pol yuvish mashinalari narxi qancha?
Katalogda 5 ta model. Narx va mavjudlikni menejer aytadi — «Narxini so'rash» tugmasini bosing.
Narxlar QQS bilanmi? Hisob-faktura berasizmi?
Ha, narxlar 12% QQS bilan. Yuridik shaxslarga shartnoma, nakladnaya va Didox orqali elektron hisob-faktura (ESF) beramiz.
Qanday buyurtma beraman?
Mahsulotni korzinaga qo'shib so'rov yuboring yoki «1 klikda buyurtma» tugmasi orqali telefon raqamingizni qoldiring — menejer qo'ng'iroq qiladi.
Qanday to'lash mumkin?
Bank o'tkazmasi (QQS bilan hisob-faktura va shartnoma) yoki naqd pul / karta — kelishuv bo'yicha.
Yetkazib berasizmi?
Ha. Toshkent bo'ylab — buyurtma kuni, 2 000 000 so'mdan yuqori buyurtmalarga bepul. Viloyatlarga muddat va narxni menejer aytadi. INDEX bozoridagi do'kondan olib ketish ham mumkin.




