Asosiy mazmunga o'tish

Payvandlash generatorlari (generator-svarka)

Payvandlash funksiyali generator — elektr tarmog'i yo'q joyda ham tok beradi va 130–160 A payvandlash imkonini beradi.

Topildi: 3 ta mahsulot

Generator va svarka bitta apparatda

Benzinli invertorli generator-svarkalar BISON BS2500iw (2 kVt), BS3500iw (3 kVt) va BS4500iw (4 kVt) tarmoq yo'q joyda — qurilishda, dalada, fermada — payvandlash toki va asboblar uchun elektr beradi.

Qanday tanlash kerak

  • Payvandlash toki — ishlatadigan elektrodlaringiz diametriga qarab.
  • Generator quvvati — bir vaqtda bolgarka, chiroq yoki nasos kerak bo'lsa.
  • Invertor sxemasi tekis yoy va asboblar uchun barqaror kuchlanish beradi.

Ko'p beriladigan savollar

Svarka generatoridan uyni elektr bilan ta'minlash mumkinmi?

Ha, generator rejimida u o'z quvvati doirasida yoritish va asboblar uchun 220 V beradi.

Payvandlash funksiyali generatorlar narxi qancha?

Katalogda 3 ta model. Narx va mavjudlikni menejer aytadi — «Narxini so'rash» tugmasini bosing.

Narxlar QQS bilanmi? Hisob-faktura berasizmi?

Ha, narxlar 12% QQS bilan. Yuridik shaxslarga shartnoma, nakladnaya va Didox orqali elektron hisob-faktura (ESF) beramiz.

Qanday buyurtma beraman?

Mahsulotni korzinaga qo'shib so'rov yuboring yoki «1 klikda buyurtma» tugmasi orqali telefon raqamingizni qoldiring — menejer qo'ng'iroq qiladi.

Qanday to'lash mumkin?

Bank o'tkazmasi (QQS bilan hisob-faktura va shartnoma) yoki naqd pul / karta — kelishuv bo'yicha.

Yetkazib berasizmi?

Ha. Toshkent bo'ylab — buyurtma kuni, 2 000 000 so'mdan yuqori buyurtmalarga bepul. Viloyatlarga muddat va narxni menejer aytadi. INDEX bozoridagi do'kondan olib ketish ham mumkin.