Asosiy mazmunga o'tish

Kompaniya haqida

STRATEGA — ombor texnikasi va quvur payvandlash uskunalarini to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqaruvchi zavodlardan import qiluvchi kompaniya.

Biz elektr va qo'l shtabelerlar, gidravlik telejkalar (rohlya) hamda PE/PP quvurlarni payvandlash apparatlarini Xitoydagi zavodlardan olib kelamiz va O'zbekistonda sotamiz.

Yuridik shaxslar bilan shartnoma asosida ishlaymiz: QQS bilan hisob-faktura, nakladnaya va to'liq hujjatlar paketi taqdim etiladi.

Har bir mijozga bitta menejer biriktiriladi — tanlov, tijorat taklifi, to'lov va yetkazib berish bir joyda.

Ish tamoyillarimiz

  • Shaffoflik — narxlar va texnik ma'lumotlar to'liq va aniq.
  • Hujjatlar — QQS bilan, shartnoma asosida.
  • Tezkorlik — so'rovlarga ish vaqtida tez javob beramiz.
  • Mas'uliyat — kafolat shartlari shartnomada yoziladi.