Benzinli va dizel motopompalar
Motopompa (benzinli suv nasosi) sug'orish, suvni chiqarish va balandga uzatish uchun. Toza va iflos suv, kimyo uchun, yuqori bosimli 1–4 dyuymli modellar.
Topildi: 32 ta mahsulot
Qanday motopompalar bor
- Toza suv uchun: benzinli BISON va SDL 1,5 dan 4 dyuymgacha (12–100 m³/soat), dizel BISON 2–4 dyuym.
- Yuqori bosimli va yuqori naporli — sug'orish, suvni balandga va uzoqqa uzatish.
- Iflos suv uchun BISON BS30T va BS40T (3 va 4 dyuym) — kotlovan, yerto'la, transheyalardan suv chiqarish.
- Kimyo uchun BISON BS20C va BS30C — o'g'itlar va agressiv suyuqliklar.
Motopompani qanday tanlash kerak
- Patrubok diametri (dyuym) unumdorlikni belgilaydi: 2″ — tomorqa, 3–4″ — dala, kotlovan, suv chiqarish.
- Napor (m) — suvni baland ko'tarish yoki uzoqqa uzatish kerak bo'lsa, yuqori naporli model oling.
- Qum va toshli iflos suv — faqat iflos suv motopompasi.
Ko'p beriladigan savollar
Sug'orish uchun qanday motopompa kerak?
Tomorqa va bog' uchun odatda 2 dyuymli benzinli motopompa yetadi. Dala va ariqlar uchun — 3–4 dyuym yoki yuqori naporli model.
Motopompalar va benzinli dvigatellar narxi qancha?
Katalogda 32 ta model, narxlar 1 300 000 so'mdan, QQS bilan. Narxi ko'rsatilmagan modellar uchun «Narxini so'rash» tugmasini bosing.
Narxlar QQS bilanmi? Hisob-faktura berasizmi?
Ha, narxlar 12% QQS bilan. Yuridik shaxslarga shartnoma, nakladnaya va Didox orqali elektron hisob-faktura (ESF) beramiz.
Qanday buyurtma beraman?
Mahsulotni korzinaga qo'shib so'rov yuboring yoki «1 klikda buyurtma» tugmasi orqali telefon raqamingizni qoldiring — menejer qo'ng'iroq qiladi.
Qanday to'lash mumkin?
Bank o'tkazmasi (QQS bilan hisob-faktura va shartnoma) yoki naqd pul / karta — kelishuv bo'yicha.
Yetkazib berasizmi?
Ha. Toshkent bo'ylab — buyurtma kuni, 2 000 000 so'mdan yuqori buyurtmalarga bepul. Viloyatlarga muddat va narxni menejer aytadi. INDEX bozoridagi do'kondan olib ketish ham mumkin.























